AOKAda o`tkazilgan brifingda ishtirk etgan Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Odilova ma`lum qilishicha, har bir mamlakatda yangi dori-darmonlar ishlab chiqarilganidan keyin u bir necha bosqichlarda sinovlardan o`tkaziladi, jumladan vaksinalar ham.
Sinovda qatnashish uchun ko`ngillilar o`z xohishlariga ko`ra tanlab olinadi. Koronavirus kasalligiga qarshi vaksinani sinovdan o`tkazishda ushbu kasallikka chalinmagan va organizmida immunoglobulin G shakllanmagan ko`ngillilar qatnashishi mumkin.






