AsosiyJamiyat

Maktablarni ta`mirlash, obodonlashtirish, isitish masalalariga hokimlar shaxsan mas`ul — Prezident

'Maktablarni ta`mirlash, obodonlashtirish, isitish masalalariga hokimlar shaxsan mas`ul — Prezident'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, bugun Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida mamlakatimizda ta`lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo`yicha videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi. 

Maktablarni ta`mirlash, obodonlashtirish, isitish kabi xo`jalik masalalariga hokimlar shaxsan mas`ul ekani eslatib o`tildi. 

Yana bir muammo – ta`lim sifati pastligi, moddiy-texnika bazasi etarli bo`lmagani sababli ayrim maktablar to`liq quvvatda ishlamayapti. Masalan, Toshkent shahridagi 32 ta maktabda o`quvchilarni qamrab olish darajasi past.

Mamlakatimizda xususiy ta`lim muassasalariga keng sharoit yaratilayotgani bois kelgusi yildan eksperiment tariqasida kam quvvatda ishlayotgan maktablarni tanlov asosida salohiyatli talabgorlarga ishonchli boshqaruvga berish taklifi bildirildi.

    Boshqa yangiliklar