Mediamagnat Rupert Merdok va sobiq supermodel, The Rolling Stones guruhi yakkaxoni Mik Jaggerning sobiq rafiqasi, to`rt farzandning onasi Jerri Xoll unashtirilganini ma`lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
84 yoshli Merdok bundan aval ham uch marta uylangan edi. U uchinchi rafiqasi Vendi Deng bilan 2013 yilda ajrashgan edi. 59 yoshli Xoll turmush o`rtog`i Jagger bilan Bali orolida turmush qurib, 22 yil birgalikda hayot kechirganiga qaramay, uning nikohi Buyuk Britaniyada noqonuniy deb topildi.





