1

“Bo`ynim og`riyapti, nahotki bu miozit?”

Salomatlik 12.01.2016, 11:45
“Bo`ynim og`riyapti, nahotki bu miozit?”

Gohida bo`yinning orqa sohasida sanchib og`rish yuzaga kelib, bir necha kun tinchlik bermaydi. Shifokorlar fikricha bo`yin mushaklarida hosil bo`lgan og`riq yallig`lanish yoki boshqa kasalliklar asoratida kelib chiqishi mumkin. Xususan, miozit hastaligi aynan mana shunday holatlarda tilga olinadi.

Kelib chiqish sababi

Ma`lumotlarga ko`ra har bir inson umri davomida hech bo`lmaganda bir marta bo`lsada bo`yin miozitiga duch keladi. Ammo aksariyat hollarda kasallik ko`p o`tmay qaytalanadi. Endigisida esa og`riq hissi ikki karra kuchli va yallig`lanish turli asoratlarni keltirib  chiqarishi mumkin. Xo`sh, miozit kelib chiqishiga nima sabab bo`ladi?

elvizak;

gripp, tez-tez shamollash asorati;

bo`yinni keskin harakalantirish yoki shu sohaga tegishli tan jaroxati olish;

kuchli stress (asabiylik o`ta jiddiy tus olganda bo`yin mushaklari siqilib qolib, yallig`lanish yuz beradi)

 Og`riq yo`nalishiga e`tibor bering

Elvizak, shamollash yoki asabiylashish asoratida kelib chiquvchi miozitda asosan tunda uyqu vaqti yoki ertalab ko`zingizni ochishingiz bilan og`riq yuzaga kelishi mumkin.

Bordiyu, miozit bo`yindagi tan jarohati yoki keskin harakatlanish sabab yuz bersa, shu ondayoq og`riq qo`zg`alishi yoki kechga borib, nomoyon bo`ladi.

Miozitni bo`yin sohasidagi boshqa holatlar bilan farqlash uchun og`riq yo`nalishiga diqqat qiling: hastalikda og`riq bo`yinning bir tarafida bo`lib, elka va quloq ostigacha davom etadi. Ba`zida esa og`riq hissi chap (o`ng) qo`l bo`ylab tarqalib, barmoq uchigacha etadi. Ayrim hollarda qo`l mushaklariga ko`chgan og`riq barmoqlar uvishishiga olib keladi.

Davolanamiz

Bo`yinda yuzaga kelgan og`riq ikki kunga cho`zildimi,  albatta shifokorga boring. Bunda sizga terapevt, revmatolog yoki nevrolog mutaxassislar yordam berishadi. Muolaja davomida imkon qadar bo`yinni keskin harakatlantirmaslik lozim. Agar o`z vaqtida murojaat etsangiz og`riq hissi 3-5 kunda bartaraf bo`lishi mumkin. Davolanishning muhim shartlari esa quyidagilar:

xotirjamlik – imkon qadar asabiylashmaslikka harakat qilsangiz, tana mushaklari ham taranglashmaydi. Uyqu vaqti ham o`zingizga qulay holatni tanlab, bo`yinga zo`riqish tushmasligiga diqqat qiling;

Yallig`lanishga qarshi tavsiya etilgan preparatlarni belgilangan vaqt bo`yicha qabul qiling. Og`riq chekinishi bilan muolajani to`xtatib qo`ymang! Zero yallig`lanishga qarshi preparatlar belgilangan tartibda qo`llanilsagina, ijobiy natija beradi.

Mumkin emas!

Og`riqni engillashtirish ilinjida bo`yinda mashq bajarish;

Spirtli bog`lam, issiq kompress, surtma yordamida uqalash tavsiya etilmaydi!

Issiq hammom, basseyn, sauna ham man etiladi.

Oliy toifali shifokor terapevt Nodira Hamroeva tavsiyalari asosida tayyorlandi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1