AsosiySport

Ulug‘bek Rashitov nega diskvalifikatsiya qilindi?

Rashitovning musobaqalardan chetlashtirilish muddati 2025 yil 13 maydan 2027 yil 12 maygacha etib belgilandi.

'Ulug‘bek Rashitov nega diskvalifikatsiya qilindi?'ning rasmi

O‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashitov antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi. Bu haqda Xalqaro doping tahlil agentligi (ITA) rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, sportchi so‘nggi 12 oy ichida uch marta o‘zining joylashuvi haqida noto‘g‘ri ma’lumot bergan. Bu harakat antidoping qoidalariga ko‘ra, sinovdan bosh tortish bilan tenglashtiriladi va jiddiy qoidabuzarlik hisoblanadi.

 

Rashitovning musobaqalardan chetlashtirilish muddati 2025 yil 13 maydan 2027 yil 12 maygacha etib belgilandi.

 

Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Rashitov Tokio-2020 va Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida 68 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. U, shuningdek, Osiyo o‘yinlari, Osiyo chempionati g‘olibi hamda jahon chempionati sovrindori sanaladi.

 

Rashitov erkaklar o‘rtasida taekvondo bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioniga aylangan ilk sportchi sifatida tarixga kirgan.

    Boshqa yangiliklar