Samarqandda 16 yoshli qiz burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida ma’lum qilindi.
Bildirilishicha, xorijda yashab, tahsil olayotgan qiz yozgi ta’tilda buvisinikiga kelgan. U nafas olishda qiynalayotgani uchun 1 iyul kuni buvisi bilan Samarqand viloyati markaziy shifoxonasiga borgan.
Shifokorlar unga jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi kerakligini aytgan. Operatsiyadan keyin bemorning salomatligi yomonlashgan va u vafot etgan.
“Bu vaqtda qizning ota-onasi chet elda bo‘lgan. Qizning buvisi uning o‘limida shifokorlarni ayblamoqda.Viloyat prokuraturasi tomonidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 2025 yilning aprelida Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan 33 yoshli departament xodimi vafot etgan edi.
2023 yilda 27 yoshli vayner Farhod Mannopov ham burun operatsiyasidan so‘ng vafot etgan.