Tehron va Vashington o‘rtasida Eron yadroviy dasturi bo‘yicha keyingi muzokaralar istiqbollari haqida so‘ralganda, diplomat "buning uchun faqat bitta shart talab qilinishini" ta’kidladi. Bu haqda Mehr news agentligi yozmoqda.
"Muloqot davomida biz Isroil rejimining yana bir hujum uyushtirishiga va urush olovini alanga oldirishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Agar Qo‘shma Shtatlar haqiqatan ham muzokaralar va muloqotga sodiq bo‘lganida, Eronga hujum qilmagan bo‘lardi",— deya ta’kidladi Jaloliy.
Uning ta’kidlashicha, eronliklar "hech qachon muzokaralar stolidan uzoqlashmagan." Biz diplomatiyaga sodiq qolamiz," - deya xulosa qildi u.
Ma’lumot uchun, Joriy yilning 13 iyun kuni erta tongda Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya boshladi. 24 soatdan kamroq vaqt o‘tgach, Eron javob berdi. Oradan 9 kun o‘tib, 22 iyun kuni erta tongda AQSH Eronning Fordo, Natanz va Isfahondagi uchta yadroviy obektiga zarba berib, jangga kirishgan edi.