1

Navoiyda kollej o`quvchisi bo`lgan aka-uka uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi

Jamiyat 31.10.2020, 11:35
Navoiyda kollej o`quvchisi bo`lgan aka-uka uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi

Navoiy viloyatida is gazidan zaharlanish holati qayd etildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, kecha, 30 oktyabr kuni soat 09-00 larda Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Paxtakor mahallasida yashagan ikki nafar voyaga etmagan aka-uka uyining yotoqxonasiga o`rnatilgan gaz pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etishgan. Xabarga ko`ra, ular kollej o`quvchilari bo`lishgan. 

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

"Hurmatli fuqarolar! Bunday ko`ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong`in va xavfsizlik talablariga qat`iy rioya qilishingizni so`raymiz", - fuqarolarga murojaat qilmoqda Bosh prokuratura.

Eslatib o`tamiz, avvalroq, Samarqandda is gazidan zaharlanishi oqibatida nikoh to`yiga ikki kun bo`lgan yosh er-xotin vafot etgani xabari qiligan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1