1

Samarqandda bog`cha tarbiyachilari sifatsiz ko`mirdan briket (tappi) tayyorlayotganiga izoh berildi

Jamiyat 31.10.2020, 13:09
Samarqandda bog`cha tarbiyachilari sifatsiz ko`mirdan briket (tappi) tayyorlayotganiga izoh berildi

So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Samarqnd va Andijon viloyatida MTT tarbiyachilari sifatsiz ko`mirdan briket (tappi) tayyorlayotgani aks etgan surat va xabarlar tarqaldi.

 Maktabgacha ta`lim vaziri o`rinbosari Shodiyor Mamamqulov mazkur holatga munosabat bildirdi.

"Ushbu holat Samarqand viloyati Tayloq tumanidagi 30-sonli maktabgacha ta`lim muassasida bo`lgan. Ushbu muassasaga 11 tonna ko`mir keltirilgan. Ana shu ko`mirning 400-500 kilogrami maydalangan, sifatsiz ko`mir shaklida bo`lgan va shu sababli xodimlar tomonidan shu holatda tayyorlangan.

Maktabgacha ta`lim muassasasi direktori ko`mirni uvol qilmaslik maqsadida o`z ixtiyorlari bilan qo`lbola briketlarni yasagani ma`lum bo`ldi", deya izohladi mas`ul.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1