1

Bir sutkada 10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul to`lanadi — prezident farmoni

Jamiyat 31.10.2020, 16:11
Teglar: Sog`lom turmush tarzi
Bir sutkada 10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul to`lanadi — prezident farmoni

«Sog`lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida» prezident farmoni qabul qilindi deya yozmoqda kun.uz

Farmon asosida «Sog`lom turmush tarzi» platformasi ishlab chiqiladi. Bunda:

O`zbekiston hududida bir sutka davomida o`n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O`zbekiston Respublikasi fuqarosining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming so`mdan;

har oyda har bir tuman (shahar) bo`yicha eng ko`p yurgan shaxsga 300 ming so`mdan, har bir hudud bo`yicha eng ko`p yurgan shaxsga 500 ming so`m, respublika bo`yicha eng ko`p yurgan shaxsga 1 mln so`m qo`shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o`tkaziladi.

«Sog`lom turmush tarzi» platformasi 2021 yil 1 martga qadar ishlab chiqiladi.

Ommaviy sportni rivojlantirish va sog`lom turmush tarzini targ`ib qilishda yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, «Workout» (mahalla va ko`cha fitnesi) sportning ustuvor turlari etib belgilandi:

Ushbu sport turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun Davlat byudjetidan 2021 yildan boshlab dasturlar to`liq bajarilgunga qadar har yili 104 mlrd so`mdan ajratiladi.

Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo`lgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanishga jalb qilishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 2021 yildan boshlab dasturlar to`liq bajarilgunga qadar har yili 10 mlrd so`mdan mablag`lar ajratiladi.

Sharhlar

Z avlodda “tez qarish” belgilari aniqlandi

25.04.2024, 18:45

Atrof-muhitdagi jiddiy o`zgarishlar, yangi turmush tarzi tendensiyalari va noto`g`ri ovqatlanish tufayli yosh avlod o`zini tez qarishga mahkum qilmoqda, deydi olimlar. Bu xaqda  zamon.uz xabar berdi. Yaqinda TikTok foydalanuvchilari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1