1

Misr Arab Respublikasining al-Azhar universiteti Fransiyaning Nissa shahridagi hujumga munosabat bildirdi

Jamiyat 31.10.2020, 16:28
Teglar: al-Azhar universiteti
Misr Arab Respublikasining al-Azhar universiteti Fransiyaning Nissa shahridagi hujumga munosabat bildirdi

 Ushbu munosabatda jumladan shunday deyiladi:   

Al-Azhari sharif va uning rahbari Shayxul-azhar Doktor Ahmad Toyyib hazratlari Fransiyaning Nissa shahridagi Notr Dam cherkovi yaqinida uch kishining o`limiga va boshqalarning jarohatlanishiga sabab bo`lgan mash`um terror hujumini qat`iyan qoralaydi. 

Al-Azhar har qanday holatda ham terroristik harakatlarni oqlab bo`lmasligini, ushbu xatti harakatlar nafaqat Islom dinining, balki barcha ilohiy dinlarning bag`rikenglik ta`limotiga zid ekanini ta`kidlaydi. Shu bilan birga har qanday zo`ravonlik, ekstremizm va murosasizlik harakatlariga qarshi kurash zaruratini yana bir bor eslatib o`tadi. 

Azhari sharif ushbu jirkanch terror hodisasini qoralash bilan birga, xalqlar orasida zo`ravonlik va nafrat ritorikasi kuchayib borayotgani haqida ogohlantiradi. Ayniqsa, gap boshqalarning e`tiqodi haqida ketganda donolik, aql va ijtimoiy mas`uliyatga sodiqlikni ustun qo`yishga chaqiradi. 

Al-Azhar qurbon bo`lganlarning oilalari va fransuz xalqiga hamdardlik bildiradi, Allohdan jarohat olganlar tezroq sog`ayib ketishini so`rab duo qiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1