Rasmiy Boku va Erevan kecha Jenevada bo`lib o`tgan uchrashuvda Tog`li Qorabog`dagi mojaro bo`yicha yangi kelishuvga erishdi. Bu haqda EXHT Minsk guruhi hamraislari bayonotida ma`lum qilindi deya yozmoqda platforma.uz. Jumladan, Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari qarama-qarshilik ro`y berayotgan hududdagi tinch aholi va noharbiy ob`ektlarni nishonga olmaslikka kelishib oldilar. Shuningdek, tomonlar almashish uchun bir hafta ichida mahbuslarning ro`yxatlarini taqdim etadilar. Bundan tashqari, harbiy harakatlar maydonidagi oqibatlarni tiklash jarayoni va qoldiqlarni almashtirish yuzasidan ham ikki taraf yakdil fikrga keldi.
|
31.10.2020 11:47
Tog`li Qorabog` mojarosi bo`yicha yangi kelishuvga erishildi






