1

Adliya vazirligi jurnalist va blogerlar uchun tanlov e`lon qildi

Jamiyat 31.10.2020, 17:20
Teglar: Adliya vazirligi
Adliya vazirligi jurnalist va blogerlar uchun tanlov e`lon qildi

Adliya vazirligi “Pandemiya 2020: chaqiriqlar, xulosalar, oqibatlar” nomli tanlov o`tkazadi.

Tanlovning maqsadi:

pandemiya davrida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini doimiy yuksaltirib borish, fuqarolarda qonunga itoatkorlik ruhini targ`ib qilish, bu sohada mavjud muammolarga qarshi kurashda jurnalistlar, blogerlar va jamoatchilik faollarining ta`siridan unumli foydalanish.

Tanlovda kimlar ishtirok etadi

O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, xususan, ommaviy axborot vositalarida faoliyat yurituvchi jurnalistlar, erkin jurnalistlar, blogerlar, jamoatchilik faollari.

Baholash mezonlari: 

taqdim etilgan materiallar qonuniyligi, aholining huquqiy ongini oshirishga xizmat qilishi, xolislik, ma`rifiylik, axborotlarning tekshirilganligi, soxtalik va yolg`on ma`lumotlardan xoliligi, tahliliyligi, izchil bayon uslubiga egaligi, taklif va tavsiyalarga boyligi, auditoriyada faol fuqarolik pozisiyasini uyg`otishga xizmat qilishi, keng qamrovliligi, mantiqiyligi, o`quvchi (tinglovchi, tomoshabin) e`tiborini jalb qila olishi kabi mezonlar nuqtai nazaridan baholanadi.

Tanlov shartlari: 

- tanlovga taqdim etiladigan materiallar bosma yoki elektron OAVda, tele-radioefirlarda yoki shaxsiy bloglarda e`lon qilingan bo`lishi lozim;

- tanlovga ilmiy ishlar, seminarlar, treninglar, konferensiyalar, davra suhbatlari uchun tayyorlangan ma`ruzalar, slaydlar, yirik janrdagi badiiy asarlar (qissa,roman,doston) qabul qilinmaydi;

- tanlov tili – o`zbek va rus.

Tanlov 3 ta nominasiyada o`tkaziladi. 

1. Pandemiya davrida huquq mavzusi bo`yicha eng yaxshi jurnalistik material uchun; 

2. Pandemiya davrida huquq mavzusiga oid yang yaxshi blogpost uchun;

3. “Adliya e`tirofi”.

Tanlovni o`tkazish tartibi:

tanlovda ishtirok etish uchun 2020 yilning 30 noyabr kuni soat 23:59 gacha quyidagi hujjat va materiallar Tanlov@adliya.uz elektron pochtasiga yuboriladi:

1. Ishtirokchi haqida ma`lumot

2. Ishtirokchining fotosurati

3. Tanlovda ishtirok etuvchi material (Word dasturida yozilgan matn yoki audio/videofayl, faylning o`zi yoki u joylangan sayt/fayl manbasiga havola). Barcha materiallar e`lon qilinganligi to`g`risida skrinshot, pdf-nusxa, havola bilan tasdiqlanishi kerak.

Tanlov g`oliblarini aniqlash va taqdirlash:

 tanlovga topshirilgan materiallar tegishli tartibda tasdiqlangan hay`at a`zolari tomonidan baholash mezonlari asosida baholanadi va natijalar yangi yil (2021 yil) bayrami arafasida tashkiliy komissiyaga topshiriladi.

 Tashkiliy komissiya tanlov g`oliblarini tantanali ravishda taqdirlash choralarini ko`radi.

Sovg`alar:

Har nominasiya bo`yicha 3-o`rin g`oliblariga ‒televizor 

Har nominasiya bo`yicha 2-o`rin g`oliblariga ‒planshet 

Har nominasiya bo`yicha 1-o`rin g`oliblariga- noutbuk

“Adliya e`tirofi” ga sazovor bo`lganlarga noutbuk beriladi.

G`oliblar diplom va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadilar

Murojaat uchun telefon: 71, 207-04-54

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1