Italiyada o`tgan bir sutka ichida yana 31 084 kishida koronavirus aniqlandi. Bu mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon hozirga qadar qayd etilgan sutkalik rekord ko`rsatkich hisoblanadi, deb xabar beradi «Interfaks». Mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida 199 kishi koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan bo`lib, jami qurbonlar soni 38 321 kishiga etgan. Corriere della Sera nashrining yozishicha, shifokorlar infeksiyaning bu kabi tezkorlik bilan tarqalishidan xavotirda, mamlakatda yana karantin joriy etilishi mumkin. Jons Hopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra, Italiyada koronavirus bilan kasallanganlarning jami soni 647 ming kishidan oshgan va hozirga qadar ularning 283,5 mingdan ortig`i davolangan. |
31.10.2020 19:19
Italiya, Ispaniya va Polshada koronavirus bilan kasallanish bo`yicha sutkalik antirekordlar yangilandi
