1

Ilhom Mahkamovga transport vaziri vazifasini bajarish yuklatildi

Jamiyat 31.10.2020, 20:26
Teglar: Ilhom Mahkamov
Ilhom Mahkamovga transport vaziri vazifasini bajarish yuklatildi

Ilhom Mahkamovga O`zbekiston transport vaziri vazifasini bajarish yuklatildi. Bu haqda "Huquqiy axborot" xabar berdi.

Hukumatning bu haqdagi tegishli qarori 30 oktyabrda qabul qilingan.

Transport vazirligi 2019 yil fevralida avtomobil, temir yo`l, havo, daryo transporti, metropoliten, shuningdek, yo`l xo`jaligi sohasidagi davlat boshqaruvi organi sifatida tashkil etilgan va unga Ochilboy Ramatov rahbar etib tayinlangandi.

2020 yil yanvarida Ochilboy Ramatov o`rniga Elyor G`aniev tayinlangan va shu yilning avgustida boshqa ishga o`tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan, shundan buyon ushbu lavozim vakantligicha qolgandi.

Ilhom Mahkamov lavozimga tayinlanguniga qadar transport vazirining birinchi o`rinbosari bo`lgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1