1

Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga onlayn "propiska" qilish imkoni yaratildi

Jamiyat 01.11.2020, 08:55
Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga onlayn "propiska" qilish imkoni yaratildi

Inson hayotiy sabablarga ko`ra yangi yashash joyiga ko`chib o`tishi va har ko`chganida u doimiy ro`yxatga olish uchun migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limlariga borishiga to`g`ri keladi.  

Endilikda fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro`yxatga olish uchun Yagona portaldagi (my.gov.uz) “Fuqarolik” turkumiga o`tsangiz, bas. Bu haqda my.gov.uz ma`lum qildi.

Mazkur xizmat orqali ko`chmas mulk ob`ektiga egalik huquqi bir shaxsga tegishli bo`lgan ob`ektlarga doimiy ro`yhatga turish mumkin. 

Xizmatdan quyidagi toifalardagi fuqarolar foydalanishlari mumkin:

1) Qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari — xususiy mulk qilib olingan uy-joyga.

2) Toshkent shahrida doimiy yashash joyi bo`yicha ro`yxatga olingan fuqarolar — ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi bo`yicha ro`yxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.

3) Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo`yicha ro`yxatga olingan fuqarolar — ular Toshkent viloyatida boshqa manzilga doimiy yashash joyi bo`yicha ro`yxatga olinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.

Xizmat avtomatlashtirilgan va 1 ish kunida taqdim etiladi.  

Xizmatni taqdim etish narxi – BHMning 2%, Yagona portal orqali xizmat ko`rsatilganda esa dastlabki narxdan 10% arzondir.

Fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro`yxatga olish xizmati bilan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/view/363

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1