AsosiyJamiyat

1 noyabr - Qashqadaryo viloyati tashkil topgan kun

'1 noyabr - Qashqadaryo viloyati tashkil topgan kun'ning rasmi

Bundan 96 yil muqaddam, ya`ni 1924 yilning 1 noyabrida Qashqadaryo alohida ma`muriy birlik sifatida, Respublika viloyatlari safidan joy olgan. Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev Qashqadaryo viloyati ahlini tabrikladi. 

" - Markaziy Osiyoning eng qadimiy madaniyat beshiklaridan biri bo`lgan Qashqadaryo zamini - azal-azaldan olimu fuzalolar, allomayu donishmandlar, sarkardayu beklar vatani bo`lib kelgan.  

Ha, tabarruk va muqaddas bu go`shada mehnatkash, matonatli, tanti, muhimi mashaqqatlardan cho`chimay maqsad sari dadil intiladigan odamlar yashaydi.  

Rizq nasibam qo`shilib, bugun yuzi quyoshdik taftli voha odamlari bilan baqamti ishlamoqdaman.  

Qashqadaryoda quyosh qalbli, mehri issiq insonlar yashaydi, - degim keladi.  Amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarga nisbatan daxldorlik sezib, bir-birimizni qo`llab, hamjihatlikda – yurt ravnaqiga hissa qo`shayotganimizdan mamnunman.  

Viloyatning tashkil topgan kuni, bayram muborak! Barchaga sihat salomatlik, xonadonlarga fayz tilayman. Farzandlar baxtu  kamolini ko`rish, muhimi mehnatdan rohat topish yashash hamisha  nasib etsin," - deyilgan Qashqadaryo viloyati hokimining tabrigida.

    Boshqa yangiliklar