Rossiyaning Leningrad viloyati Sosnoviy Bor shahrida yashovchi O`zbekiston fuqarolarining 3 yoshli farzandi 6-qavatdan qulab tushib vafot etdi. Bu haqda aniq.uz nevnov.ru tayanib xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Sosnoviy Bor shahrining Kosmonavtlar ko`chasida ota-onasining e`tiborsizli sabab bola oltinchi qavatdan yiqilib tushgan. Voqea joyiga etib kelgan shifokorlar bolaning vafot etganini aniqlagan. Bolaning jasadi o`lim sababini aniqlash uchun o`likxonaga yuborilgan.
Ma`lum bo`lishicha, marhum bolaning ota-onasi – 24 va 25 yoshli O`zbekiston fuqarolari hisoblanib, Rossiyaga 2020 yilning yanvar oyi boshida kelgan. Ta`kidlanishicha, ota yuk tashuvchi bo`lib ishlaydi, ona esa ishsiz.






