1

Endi Toshkentda "avtomoyka" xizmatchilarini ishga qabul qilishdan oldin IIB tekshiruv o`tkazadi

Jamiyat 01.11.2020, 15:09
Endi Toshkentda "avtomoyka" xizmatchilarini ishga qabul qilishdan oldin IIB tekshiruv o`tkazadi

Toshkentda avtomashina yuvish shoxobchasiga ishga kirmoqchi bo`lganlar to`g`risidagi ma`lumotlarni tekshirish kuchaytiriladi. Bu transport vositalarini o`z maqsadida ishlatish, olib qochish kabi jinoyatlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda. 

Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshlig`i o`rinbosari polkovnik Murodilla Aliqorievning poytaxtdagi avtomashina yuvish va shu kabi xizmatlar ko`rsatish bilan shug`ullanuvchi 217 ta tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvida ma`lum qilindi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabariga ko`ra, tashkilot rahbarlari ular ishga olayotgan shaxslar uchun mas`ulliklari haqida ogohlantirildi. Ishchilarning mas`uliyat hududini belgilash, ma`lumotlarini qayd etish ham rahbarning vazifasi ekanligi eslatildi.

“Shu bilan birga ishchilarni mijozning avtomobili kalitini olishlariga yo`l qo`ymasdan, buning o`rniga barcha mijozlardan kalitlarni oluvchi bitta mas`ul shaxsni tayinlash tavsiya etildi”, – deyilgan xabarda.

Tashkilot rahbarlari o`z navbatida ishga qabul qilinayotgan shaxslarning ma`lumotlarini tekshirish qiyinligi, bunda hududiy ichki ishlar organlarining yordami kerakligini aytishdi.

“Mazkur iltimos qondirildi, endi avtomobil yuvish shoxobchasi rahbari profilaktika inspektorlari bilan birgalikda ishga olinayotgan shaxslarning ma`lumotlari haqqoniyligini tekshirishi mumkin”, – deyilgan xabarda.

Xabarda ishga olinayotgan shaxs qidiruvda emasligi, xususan, ilgari avtomobil olib qochmaganligi tekshirilishi qo`shimcha qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1