1

Gruziyada fuqarolarning gaz va elektrdan 4 oylik qarzlari davlat tomonidan to`lab beriladi

Dunyo 01.11.2020, 16:26
Gruziyada fuqarolarning gaz va elektrdan 4 oylik qarzlari davlat tomonidan to`lab beriladi

Gruziya hukumati fuqarolarning to`rt oylik gaz va elektr pullari davlat tomonidan to`lab berilishini ma`lum qildi. Bu haqda Gruziya yangiliklari rasmiy sayti xabar berdi.

Noyabr, dekabr, yanvar va fevral oylaridagi tabiiy gaz va elektr kabi kommunal xizmatlar uchun to`lovlarni hukumat o`z zimmasiga oladi. Fuqarolarni qo`llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan mazkur tadbir pandemiya sharoitida Krizisga qarshi kurash bo`yicha hukumat rejasining bir qismi ekanligini hukumat yig`ilishida Bosh vazir ma`lum qildi.

Hozirda abonentlarning umumiy soni 1,2 milliondan ko`p bo`lib, ular har oyda 200 kVt elektr quvvatini iste`mol qiladi. Bunga davlat o`rtacha hisobda 17 million lari (deyarli 8,4 AQSh dollari) miqdorida mablag` ajratmoqda.

Shuningdek gruziyada bir oyda o`rtacha 200 kubometr gaz ishlatadigan 670 mingdan ziyod iste`molchi mavjud. Ularning ham qarzlarini yopish uchun hukumat 27 million lari (taxminan 8,4 mln. AQSh dollari) mablag` ajratishi ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1