1

Koronavirus o`tkazgandan so`ng o`pkada shikastlanish qolmasligi uchun nima qilish kerak?

Salomatlik 01.11.2020, 20:03
Koronavirus o`tkazgandan so`ng o`pkada shikastlanish qolmasligi uchun nima qilish kerak?

Koronavirusdan davolangandan keyin o`pkada asoratlar, qibroz va boshqa muammolar qolmasligi uchun nima qilish kerak? Bu savolga terapevt Yorqinoy Toshpo`latova javob berdi:

–Koronavirus infeksiyasiga chalinib, undan davolanish jarayonida va keyin ham holsizlik bo`lishi tabiiy holat. Chunki kasallik engil kechsa ham, o`z asoratini qoldirib ketadi. 

Ba`zilarda o`pkaning shikastlanishi – fibroz kuzatiladi, ya`ni normal to`qima o`rnini biriktiruvchi to`qima egallaydi. Engil daraja bo`lsa, ozgina chandiq qolishi va buni bemor tuzalganidan so`ng bilmasligi ham mumkin. Lekin katta o`choq zararlansa, hansirash kuzatiladi.

Shuning uchun uy sharoitida yoki ambulator sharoitda reabilitasiya jarayonini olib borishingiz kerak. Reabilitasiya jarayonini nafas mashqlaridan boshlash lozim. Kuniga 10-15 minutdan boshlab bu vaqtni sekin-asta ko`paytirib borish kerak.

Jismoniy faollikning eng muhim prinsiplari — bu muntazamlik va yuklamalarni bosqichma-bosqich oshirib borish. Ya`ni haftada 2 soat yoki undan ko`proq vaqt ketma-ket shug`ullanishdan ko`ra, har kuni 10 daqiqalik mashqlarni kun davomida takrorlab turish foydaliroqdir. Bemorning ahvollariga qarab yotoqda va o`tirib bajariladigan mashqlarni shifokor yordamida tanlash mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1