AsosiyJamiyat

​Qishloq xo`jaligi vazirligida ishlashni xohlovchilar uchun ochiq mustaqil tanlov e`lon qilinmoqda

'​Qishloq xo`jaligi vazirligida ishlashni xohlovchilar uchun ochiq mustaqil tanlov e`lon qilinmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi bilan hamkorlikda Vazirlik Markaziy apparatida mavjud bo`lgan bo`sh lavozimlarni malakali va eng munosib nomzodlar bilan ta`minlash maqsadida ochiq mustaqil tanlov e`lon qiladi. Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo`lgan nomzodlar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining

“Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali”

vacancy.argos.uz orqali ro`yxatdan o`tishlari mumkin.

Qishloq xo`jaligi vazirligida mavjud bo`sh lavozimlardan birini tanlab,  so`ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.  

Nomzod bir vaqtning o`zida 3 ta bo`sh lavozim uchun ariza bilan murojaat etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish bo`yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan saytdagi elektron so`rovnomani to`ldirish orqali amalga oshiriladi.

Tanlov to`g`risidagi batafsil  ma`lumotlar bilan O`zbekiston  Qishloq xo`jaligi vazirligining rasmiy sayti agro.uz  hamda

+998 71 263-03-36, 260-36-87  telefon raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin.

Nomzodlardan ariza va kerakli hujjatlar 2020 yil 20 oktyabrdan 6 noyabrgacha qabul qilinadi.  

Ariza va hujjatlarni qabul qilish vaqti o`tgandan so`ng yuborilgan ariza qabul qilinmaydi hamda hujjat egalari tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

    Boshqa yangiliklar