AsosiyDunyo

Rossiyada koronavirusga chalinish bo`yicha kunlik rekord yangilandi

'Rossiyada koronavirusga chalinish bo`yicha kunlik rekord yangilandi'ning rasmi

Shanba kuni Rossiyada koronavirusga chalinish bo`yicha kunlik rekord yangilandi. Bu mamlakatda 31 oktyabrda 18 665 kishining COVID-19 chalingani aniqlangan bo`lib, ularning 5261 nafari Moskvada qayd etilgan. Bu bilan Rossiyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1 636 781 kishiga etdi. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.

Rossiyada o`tgan sutka davomida 245 kishi koronavirusdan vafot etdi. Hozirda koronavirus qurboniga aylanganlarning umumiy soni 28 235 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, Rossiyada 1 225 673 nafar bemor koronavirusni enggan bo`lib, ayni paytda mamlakat bo`ylab 382 873 nafar odam COVID-19 dan davolanmoqda.

    Boshqa yangiliklar