2020 yil paxta yig`im-terimi mavsumi o`z nihoyasiga etayotgan bo`lsada, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan majburiy mehnatga qarshi kurash bo`yicha monitoring tadbirlari olib borilmoqda. Bu haqda Mehnat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Joylarda 2 570 dan ortiq tashkilot, fermer xo`jaligi va klasterlarda o`tkazilgan monitoring natijasida mehnat munosabatlariga rioya qilinishi yuzasidan 158 nafar mansabdor shaxslar ma`muriy javobogarlikka tortilgan.
35 nafar mansabdor shaxsga majburiy mehnatga jalb etish holati yuzasidan 372 mln. 410 ming so`m miqdoridagi ma`muriy jarima, band bo`lmagan aholini terimga jalb qilish, terimchilar uchun munosib mehnat hamda dam olish sharoitlarini yaratish, terim pullarini o`z vaqtida va belgilangan me`yorlarda berish masalalari yuzasidan 123 nafar mansabdor shaxslarga 204 mln. 937 ming so`m miqdorida Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 49-moddasi bo`yicha javobgarlikka tortildi.






