AsosiyDunyo

Ilhom Aliev Qorabog`dagi harbiy harakatlarni to`xtatish shartini aytdi

'Ilhom Aliev Qorabog`dagi harbiy harakatlarni to`xtatish shartini aytdi'ning rasmi

Agar Armaniston tomoni mintaqadagi jangovar harakatlarni to`xtatsa va muzokaralarda konstruktiv pozisiyani namoyish qilsa, bosib olingan hududlardan qo`shinlarni olib chiqish majburiyatini oladigan bo`lsa, Ozarbayjon Qorabog`dagi harakatlarni to`xtatishga tayyor. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining bosh kotibi Bag`dod Amreev bilan uchrashuvda ta`kidlab o`tdi, deya xabar bermoqda «Interfaks».

Prezident shuningdek, 2 noyabr kuni mintaqadagi navbatdagi ozarbayjon qishloqlarining ozod qilinishi to`g`risida ma`lumot berilishini ma`lum qildi. Rasmiy Bokuning ma`lumotlariga ko`ra, 27 sentyabrdan beri Ozarbayjon Qurolli Kuchlari 195 ta aholi punktini, shu jumladan, Jabroil, Fizuli va Zangilan shaharlarini ozod qilgan.

Bundan tashqari, Aliev rasmiy Erevanni Ozarbayjon aholi punktlariga raketa hujumlari paytida taqiqlangan qurol ishlatishda aybladi.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar