O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev XXR Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 4 noyabr kuni Shanxay shahrida bo`lib o`tadigan Import mahsulotlari uchinchi Xitoy xalqaro ko`rgazmasining ochilish marosimi ishtirokchilariga videoaloqa orqali tabrik so`zi yo`llaydi.
Davlatimiz rahbari o`zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishning eng muhim jihatlari hamda koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozli holatlarni birgalikda engib o`tish choralariga to`xtaladi.






