AsosiyJamiyat

Xorazmlik shikoyatchi arizasini qaytarib olish uchun korxona rahbaridan 10 mln so`m so`radi

'Xorazmlik shikoyatchi arizasini qaytarib olish uchun korxona rahbaridan 10 mln so`m so`radi'ning rasmi

Fuqaro Sh.D. tomonidan Hazorasp tuman “Yo`llardan foydalanish” UK faoliyati yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yozgan shikoyat arizasini qaytarib olish evaziga korxona rahbaridan tovlamachilik yo`li bilan 10 mln so`mni talab qildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, tovlamachi shikoyatchi Sh.D. talab qilgan pulini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining  165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar