Bu haqda AOKA zalida Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakil devoni etakchi inspektori Dilshod Nasriddinov ishtirokida o`tkazilgan brifingda ma`lum qilindi.
Ma`lum qilinishicha, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatida o`tkazilgan tekshirishlarda yo`l quyilgan kamchiliklar uchun 202 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, ko`rib chiqish uchun sudlarga yuborilgan.
Shuningdek, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyatida tekshiruvlarni kelishish va o`tkazish tartiblariga rioya etmaslik holatlari hamda ularga nisbatan asossiz qo`llanilgan ta`sir choralari yuzasidan kiritilgan 44 ta taqdimnomaga asosan, ularning 190 nafar mansabdor xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari qo`llanildi va 2,9 mlrd. so`mlik 150 ta noqonuniy qaror bekor qilingan.






