25 yoshli xodim yuvish uchun qoldirilgan mijozning “Gentra” avtomashinasini olib qochdi. Uni ushlash uchun mashina oynasi sindirishga to`g`ri keldi. Samarqandda avtomashina yuvish shoxobchasi xodimi mijozning avtomobilini olib qochdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi. 30 oktyabr kuni soat 17:30 da 21 yoshli D.E. Samarqand shahar Kimyogarlar qo`rg`oni Sayqal ko`chasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shoxobchasiga kelib, o`zining “Gentra” avtomashinasini yuvdirish uchun 25 yoshli xodim Sh.A.ga qoldirgan. Bundan foydalangan Sh.A. avtomashinani o`t oldirib, uni noma`lum tomonga olib qochib ketgan. U mashinani boshqarib ketayotgan vaqtida aniqlanib, majburiy tartibda to`xtatilgan. Shunga qaramasdan Sh.A. IIO FMB xodimlariga faol qarshilik ko`rsatgan. Natijada uni ushlash maqsadida avtomashina eshigi oynasi sindirilgan. Mazkur holat yuzasidan Sh.A.ga nisbatan O`zbekiston JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Sh.A. ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. U 10 yilgacha qamalishi mumkin. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. |
04.11.2020 08:31