AsosiyJamiyat

Atoqli olim Ubaydulla Uvatov vafot etdi

'Atoqli olim Ubaydulla Uvatov vafot etdi'ning rasmi

Atoqli islomshunos olim, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi xabar qildi.

Olim 1940 yil 23 fevralda Qashqadaryo viloyatining G`uzor tumanida tug`ilgan. 1958-1969 yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O`zbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakultetini arab filologiyasi mutaxassisligi bo`yicha tugatib, o`z mehnat faoliyatini ushbu dargohda o`qituvchilikdan boshlagan. O`zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti aspiranturasida tahsil olib, dastlab nomzodlik, so`ngra doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan.

Uvatov O`zbekiston prezidenti devonida bo`lim mudiri, Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita raisining birinchi o`rinbosari, shuningdek, Amir Temur jamg`armasi raisining birinchi o`rinbosari, “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg`armasi raisining birinchi o`rinbosari kabi mas`ul lavozimlarda samarali faoliyat ko`rsatgan.

Professor Uvatovning mamlakat ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlat tomonidan munosib baholangan. U “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni hamda “Mehnat shuhrati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.

 

Boshqa yangiliklar