AsosiyJinoyat

Koreyaga ishga ketmoqchi bo`lgan fuqaro firibgar tomonidan chuv tushdi

'Koreyaga ishga ketmoqchi bo`lgan fuqaro firibgar tomonidan chuv tushdi'ning rasmi

2020 yil 2 oktyabr kuni fuqaro M.A. tanishi Ya.S.ni Koreya davlatiga ishga jo`natishini aytib, 8.300 AQSh dollari va 29 mln so`m pul mablag`larini olib, pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Farg`ona viloyati IIB xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu o`rinda, fuqarolar tomonidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligida ishlashi, shu sohada tanish-bilishi borligi, mehnat shartnomasini chiqartirib berishi, shartnoma loyihasi kelganlarning Koreya Respublikasiga ketishini tezlashtirib berishi, test imtihonlaridan o`tkazib berishi, to`lovlarning zudlik bilan uchinchi shaxslar orqali to`lanishi lozimligi kabi asossiz va`dalarni berish bilan bog`liq firibgarlik holatlariga duch kelsangiz, zudlik bilan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga (71 202-33-55, 200-00-61) yoki huquq-tartibot organlarga murojaat qilishingizni so`raymiz.

 
  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar