AsosiyJamiyat

Sudlarning ayrim vakolatlari profilaktika inspektorlariga o`tkazilishiga oid loyiha rad etildi

'Sudlarning ayrim vakolatlari profilaktika inspektorlariga o`tkazilishiga oid loyiha rad etildi'ning rasmi

Deputatlar bir qator ishlarni ko`rib chiqish vakolatini sudlardan profilaktika inspektorlariga o`tkazish taklif qilingan qonun loyihasini rad etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Ma`muriy javobgarlik to`g`risida"gi kodeksga o`zgartishlar kiritish to`g`risidagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan qaytarildi. Bu haqda O`zLiDeP fraksiyasi a`zosi, deputat Rasul Kusherbaev o`zining "Telegram" kanalida ma`lum qildi.

Qonun loyihasida bir qator ma`muriy huquqbuzarliklar, shu jumladan, yovvoyi nashalarni yo`q qilib yuborish choralarini ko`rmaganlik, it va mushuk boqish qoidalarini buzish, hayvonlarga nisbatan shavqatsiz munosabatda bo`lish to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqish vakolati sudlardan ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlariga o`tkazilishi taklif etilgan edi.

Biroq deputatlar bu inson huquqlarini ta`minlashda odil sudlovni amalga oshirishga to`g`ri kelmasligi, korrupsiyaga olib kelishi, huquqni qo`llashda va muhofaza qilishda sub`ektivlik paydo bo`lishi, profilaktika inspektorlariga norasmiy rejalar qo`yilishiga hamda fuqarolarda noroziliklar paydo bo`lishiga sabab bo`lishi mumkinligi haqida ta`kidlab o`tishdi.

Ovoz berish natijasiga ko`ra, deputatlarning asosiy qismi qonun loyihasiga qarshi chiqdilar va loyihani qabul qilish rad etildi, — deb yozdi Rasul Kusherbaev.
 

    Boshqa yangiliklar