Joriy yilning 2-4 noyabr kunlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti - FAO Mintaqaviy konferensiyasining Evropa uchun o`ttiz ikkinchi sessiyasi tashkil etildi.
Bu haqda xabar bergan Qishloq xo`jaligi vazirligi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, tadbir boshida BMT FAO tashkilotining Evropa va Markaziy Osiyo bo`yicha mintaqaviy Konferensiyaisining 32-sessiyasida O`zbekiston Qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xodjaev 2022 yilgacha FAOning yuqori boshqaruv organi hisolanadigan mintaqaviy Konferensiyaga rais etib saylandi. Vazir J.Xodjev 2 yil davomida keyingi Konferensiya chaqirilgunga qadar Konferensiya faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Ma`lumat uchun: Konferensiya raisi mintaqaviy Konferensiyaning 2020-2023 yillarga mo`ljallangan ish rejasini amalga oshirishga ko`maklashadi va barcha tadbirlarni muvofiqlashtiradi. Keyingi konferensiyaga qadar mintaqada FAO faoliyati bilan bog`liq har qanday norasmiy konsultasiyalar, tashabbuslar va dasturlar Konferensiya raisi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
O`zbekiston mezbonligida tashkil etilgan mazkur nufuzli virtual yig`ilishda Evropa va Markaziy Osiyoning FAOga a`zo 53 ta davlatlari, Evrokomissiya delegatlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakillarining 400 ga yaqin vakillari ishtirok etdi.
Konferensiyaning ochilish marosimida Qishloq xo`jaligi vaziri Jamshid Xodjaev ishtirokchilarni qutlar ekan, mintaqaviy anjuman FAOning a`zo davlatlar bilan mintaqaviy ishlari samaradorligini ta`minlashda, shuningdek kelgusi ikki yillik ishlarning ustuvor yo`nalishlarini belgilashda muhim o`rin egallashini bildirgan.
- Biz global epidimiologik vaziyat masalalari yuzasidan xalqaro hamjamiyat bilan, shuningdek oziq-ovqat xavfsizligi masalalarining tezkorlik bilan hal etish bo`yicha qo`shni mamlakatlar bilan samarali muloqotni yo`lga qo`ydik. Afsuski, mazkur pandemiya sayyoramizning har bir burchagida, jumladan, nisbatan farovon Evropa qit`asi va Markaziy Osiyo mintaqasida jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keldi. Koronavirus pandemiyasi, avvalo aholining eng nochor qatlami uchun oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash masalalarida ko`pgina davlatlar uchun chinakam undov bo`ldi. Ishonchim komilki, ushbu anjuman davomida o`zaro fikr almashishga hamda Evropa va Markaziy Osiyodagi millionlab insonlarning hayotini yaxshi tarafga o`zgartiradigan amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishga muvaffaq bo`lamiz. Hozirda qishloq joylarida aholining turmush darajasini muntazam yaxshilab, qishloq xo`jaligini yanada unumdor va ko`p resursli qilish islohotlarimizning asosiy maqsadidir. Anjuman mintaqada oziq-ovqat xavfsizligining asosiy muammolari bilan bog`liq eng dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun yaxshigina platforma bo`lib xizmat qilmoqda, dedi vazir.
Konferensiyada Evropa va Markaziy Osiyoda barqaror oziq-ovqat tizimlari va sog`lom ovqatlanish rasionlari, yoshlarning ahvolini yaxshilash, bandlikni ta`minlash va BMT Oilaviy fermer xo`jaliklari o`n yilligi munosabati doirasida qishloq tumanlarini rivojlantirish, oziq-ovqat ishlab chiqarish va qishloq xo`jaligini yuritish uchun COVID-19 pandemiyasi oqibatlariga qarshi kurashish choralari, qishloq xo`jaligida innovasiya va raqamlashtirish masalalariga alohida e`tibor qaratilgan.
Tadbirda FAO Bosh direktori Syuy Dun`yuy, BMT Bosh Kotibining 2021 yilda oziq-ovqat tizimlari Sammiti bo`yicha Maxsus vakili A. Kalibata, Xalqaro elektr aloqa uyushmasi Bosh kotibi Ch.Xuolin, Evropa ittifoqining qishloq xo`jaligi bo`yicha komissari Ya.Voysexovskiy, Turkiya, Albaniya, Ozarbayjon, Gruziya, Isroil, Italiya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Makedoniya, Moldova, Polsha, Tojikiston, Turkmaniston kabi o`ttizdan ortiq mamlakatlar qishloq xo`jaligi vazirlari hamda o`rinbosarlari qatnashmoqda.
Shuningdek, tadbirda yig`ilganlar muloqotni mustahkamlash zarurati, shuningdek kuchaygan pandemiya sharoitlarida mamlakatlar o`rtasidagi qat`iy va egiluvchan hamkorlik aloqalariga alohida e`tibor qaratishdi.
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)
.png)







