FVV xabar berishicha, bugun 4 noyabr kuni soat 15:37 da Toshkent shahar FVB dispetcherlik xizmatiga Shayxontoxur tumani Furqat ko`chasida qurilish ishlari olib borilayotgan “Tashkent City”ning 7-lotida 6 qavatli yangi qurilayotgan binoning 3-qavatida ishchi-xizmatchilarning vaqtincha foydalanayotgan omborxonasida yong`in sodir bo`lganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar FVB yong`in o`chirish ekipaji soat 15:42da voqea joyiga etib borib, soat 15:52da to`liq bartaraf etilgan.
Yong`in oqibatida 15 kv. metr. maydonda ustalarning qurilish jihozlari zarar ko`rgan. Yong`indan jarohat olgan hamda vafot etgan fuqarolar yo`q.






