AsosiyDunyo

Italiyada koronavirus sabab tungi komendantlik soati joriy etiladi

'Italiyada koronavirus sabab tungi komendantlik soati joriy etiladi'ning rasmi

Italiya Bosh Vaziri Juzeppe Konte mamlakatda koronavirus tarqalishi avj olgani uchun 5 noyabrm soat 22:00 dan boshlab butun mamlakatda tungi komendantlik soati joriy qilinishi haqidagi qarorga imzo chekdi. Shuningdek, Bosh Vazir yana bir qancha cheklovlarni e`lon qilishi kutilmoqda. Ushbu yangi qoidalar 3 dekabrga qadar joriy qilinadi, deya yozmoqda tarjumon.uz.

Xabarlarga ko`ra, epidimiologik vaziyatga binoan Italiyaning 20 ta hududi uch guruhga, ya`ni, qizil, sariq va yashil hududlarga bo`linadi. Virus tarqalishining xavfi eng yuqori bo`lgan hududlar qizil rang bilan belgilanadi.

Italiya hukumati COVID-19 ga qarshi kurashda hududlarni alohida ajratish uslubini tanladi. Chunki, odamlar o`tgan haftada bir necha bora cheklovlarga, xususan, bar va restoranlarning yopilishiga qarshi namoyish uyushtirgandi. Evropaning boshqa mamlakatlari, masalan, Irlandiya, Fransiya va Angliyada butun mamlakat bo`ylab lokdaunlarni joriy qilishgan.

Italiya payshanbadan boshlanadigan komendantlik soati 22:00 dan 5:00 gacha davom etadi.

Boshqa yangiliklar