Surxondaryo. 2020 yilning 22 oktyabr kuni soat 20:30 da 21 yoshli O`.J. va 18 yoshli Yu.X., jamoat joyi hisoblangan “Gulobod” mahallasidagi fuqaro S.N.,ga tegishli fudbol stadioni oldida o`zaro janjallashib qolib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan bezorilik qilib, bir-birlarini qo`pol so`zlar bilan haqorat qilib, O`.J., qo`lining mushti bilan Yu.X.,ning bosh sohasiga urgan vaqtida Yu.X., yonida bo`lgan pichoq bilan O`.J.,ning ko`krak qafasining orqa sohasi va chap bel orqa sohasiga hamda chap dumba sohasiga sanchib, tan jarohati etkazgan.Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi. ![]() Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko`ra, O`.J., va Yu.X.,larga “engil” tan jarohati etkazilganligi ko`rsatilgan. Mazkur holatda yuzasidan Muzrobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`.J.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan va Yu.X.,ga nisbatan JKning 277-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. ![]() Jinoyat ishi yuzasidan hozirda tergov xarakatlari olib borilmoqda.
| |
Futbol stadioni oldidagi janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi(foto)
Surxondaryo. 2020 yilning 22 oktyabr kuni soat 20:30 da 21 yoshli O`.J. va 18 yoshli Yu.X....








