Jazoir prezidenti Abdulmajid Tebbou koronavirusga chalindi. Tebbou hozirda Germaniyadagi kasalxonada davolanmoqda va uning ahvoli asta-sekin yaxshilanmoqda. Bu haqda seshanba kuni prezident kotibiyati ma`lum qilgan.
“COVID-19 ga chalingan 74 yoshli Tebbou Germaniyadagi maxsus kasalxonalardan birida davolanishni davom ettirmoqda. U sekinlik bilan sog`aymoqda” deya xabar bergan prezident matbuot xizmati.
O`tgan haftaning oxirida Jazoir hukumatidagi bir qancha xodimlar koronavirusga chalingani aytilgandi. Shundan keyin prezident ham o`zini besh kunga izolyasiyaga olgan.






