Namanganda uzoq muddatga xorijga ketganlar 70 mingdan oshiq kishini tashkil etayotgani ma`lum bo`ldi
Namanganda joriy yil 1 yanvar holatiga ko`ra 127 mingdan oshiq fuqaro uzoq muddatga xorijga ketgani aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB boshlig`i Odil Otaxo`jaevga tayanib viloyat hokimligi matbuot kotibi ma`lum qildi.
Uzoq muddat xorijda yurganlarni yashash manzillariga qaytarish va bandligini ta`minlash bo`yicha olib borilgan chora-tadbirlar natijasida ularning 60 ming nafardan oshig`i uylariga qaytdi, 44 ming nafari ishga joylashtirildi.
Olib borilgan o`rganishlar davomida namanganlik 1,5 mingdan ortiq uzoq muddat chet ellarda yurgan fuqarolar umuman oilasiga pul jo`natmayotganligi, 3000 nafardan ortig`i esa atigi 50-60 AQSh dollari miqdorida pul jo`natayotganligi aniqlangan. Ulardan 113 nafari oila a`zolari bilan umuman aloqaga chiqmayotgani ma`lum bo`ldi.
Hozirgi kunda Namanganda uzoq muddatga xorijga ketganlar 70 mingdan oshiq kishini (60 mingga yaqini erkak, 10 mingdan ko`prog`i ayol) tashkil etmoqda. Ulardan 36 ming nafari Rossiyaga, 22 ming nafari Qozog`istonga, 1300 nafari boshqa chet davlatlariga ketgan. Aksariyati — 67 mingdan ortig`i chet elga ishlash uchun chiqib ketgan






