AQShda Oregon shtati aholisi geroin, kokain va boshqa turdagi kuchli giyohvand moddalar iste`molining qonuniylashtirilishi uchun ovoz berdi. Bu haqda Amerika ovozi yozdi.
Shu bilan, Oregon bunday narkotik moddalarni qonuniylashtirgan eng birinchi shtatga aylanadi. Kishilar muayyan miqdorda bunday moddalarni iste`mol qilgani uchun endi jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. O`rniga, 100 dollar jarima to`laydi yoki reabilitasiya markazlariga jo`natiladi.
Bu tashabbusga ovoz berganlar giyohvandlik kishining sog`lig`i bilan bog`liq masaladir, jinoyat bilan emas, deb hisoblamoqda.
Eslatib o`tamiz, AQShning o`ndan ortiq shtatlarida marixuanadan ko`ngilxushlik uchun foydalanish allaqachon qonuniylashirilgan edi. 21 yoshdan kattalar uni ma`lum miqdorda sotib olishi mumkin.






