AsosiyDunyo

Niderlandiyada haykal poezdni halokatdan qutqarib qoldi (video)

'Niderlandiyada haykal poezdni halokatdan qutqarib qoldi (video)'ning rasmi

Niderlandiyaning Speykenisse shahrida “Kitlar dumi” haykali metro poezdining suvga qulashidan saqlab qoldi. Bu haqda Sputnik News xabar bermoqda.

Speykenisse shahrida metro poezdi haydovchisi boshqaruvni yo`qotishi oqibatida stansiyadagi to`siqlardan o`tib, kanaldan 10 metr balandlikda kitlarning dumlari aks etgan ulkan haykallarda turib qoldi.

 

Haydovchi poezdni bir amallab tark etishga muvaffaq bo`lgan, yo`lovchilar esa bu paytda poezdda bo`lishmagan.

“Kitlar dumi» haykali golland arxitektori Maarten Struys tomonidan poliestrdan yasalgan. U 2002 yilda metro stansiyasi yo`lining oxiridagi suv havzasiga o`rnatilgan.

 

Boshqa yangiliklar