Pensiya olish huquqi paydo bo`lgan fuqarolar ko`pincha ish staji va ish haqi to`g`risidagi ma`lumotlar korxona va tashkilotlarda saqlanmaganidan yoki ular tomonidan arxiv idoralariga saqlash uchun topshirilmaganidan hamda o`zlari tomonidan yo`qotilganidan aziyat chekishadi.Bu haqda Pensiya jamg`armasi matbuot xizmati xabar berdi. Bu kabi holatlarda muammoning echimini topish uchun fuqarolarning davlat pensiya ta`minotiga oid qonun va qonun osti hujjatlariga asosan ish yuritilsa to`g`ri bo`ladi. “Davlat pensiyalarini tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida”gi Nizomda ish stajini tasdiqlash bo`yicha quyidagi tartiblar belgilangan: Ish staji to`g`risida hujjatlar mavjud bo`lmagan taqdirda mehnat faoliyati davrlari sudning qarori bilan belgilanadi, shuningdek, Pensiya jamg`armasining hududiy bo`linmalari fuqarolarga ish stajini tasdiqlash uchun qonunchilikda nazarda tutilgan asos mavjud bo`lgan taqdirda sudlarga da`volar tayyorlashda ko`maklashishadi. Avariyalar va mahalliy ko`lamdagi boshqa favqulodda vaziyatlar (yong`in, suv bosishi), tashkilotning to`liq tugatilishi yoki boshqa sabablar bo`yicha arxiv ma`lumotlarining mavjud emasligi munosabati bilan mavjud ish staji to`g`risidagi ma`lumotlarni olish imkoni bo`lmaganda ish staji sud tartibida belgilanadi. Pensiya jamg`armasi bo`limi tomonidan chiqarilgan ish stajini qabul qilish yoki qabul qilmaslik to`g`risidagi qaror bilan rozi bo`linmagan taqdirda ham ushbu masala sud tomonidan hal etiladi.
|
05.11.2020 06:05
Ish staji haqida hujjatlar yo`qolgan bo`lsa qanday tasdiqlanadi?






