Gresiya poytaxtida ilk masjid ochildi. 1832 yilda Yunon qirolligi tashkil topgach, Afinada masjid qurilishiga taqiq qo`yilgan. Bu haqda manbalarga tayanib Zamon xabar berdi.
Taqiq 2006 yilda olib tashlangan va 2016 yilga kelib qurilish boshlashga ruhsat olingan. Masjidning ochilish marosimi bahorda bo`lishi kerak edi. Ammo pandemiya sababli rejalar o`zgarib ketdi. Tantanali ochilish marosimi o`tkazilmadi, ammo epidemik vaziyat yaxshilanishi bilan tashkil etiladi.

Koronavirusga qarshi choralar tufayli tashrif buyuruvchilar soni 9tadan oshmaydi, aslida esa masjid bir vaqtda 350 kishini qabul qilish imkoniga ega.






