AsosiyJamiyat

Ohangaronda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo`lganlarga garovsiz imtiyozli kreditlar ajratiladi

'Ohangaronda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo`lganlarga  garovsiz imtiyozli kreditlar ajratiladi'ning rasmi

O`zbekiston yoshlar agentligi Ohangaron tuman bo`limi tomonidan, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo`lgan hamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagida bo`lgan yoshlar uchun, ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish, qishloq xo`jaligi  va boshqa yo`nalishlar bo`yicha davlat ro`yxatidan o`tgan holda imtiyozli 14% (foizli) 30 million so`mgacha kreditlar ajratiladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi. 

Shuningdek, Germaniya granti asosida qishloq xo`jaligi yo`nalishi bo`yicha garovsiz imtiyozli 14% (foizli) 4 ming evro (48 million so`m)gacha kreditlar ajratiladi. 

 Murojaat uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilish so`ralmoqda.: 99-405-11-01, 97-599-95-50, 99-463-17-75.

    Boshqa yangiliklar