1

Habib Nurmagomedovga Rossiya Qahramoni unvonini berish taklif qilindi

Dunyo 05.11.2020, 18:10
Habib Nurmagomedovga Rossiya Qahramoni unvonini berish taklif qilindi

Sputnik bergan xabarga ko`ra, Davlat Dumasi deputati Gajimurod Omarov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga shunday tashabbus bilan chiqdi. 

Bayonotda aytilishicha, sportchi bir necha bor dunyo miqyosida Rossiya sharafini himoya qilgan. Habib Nurmagomedov yoshlar orasida sport, sog`lom turmush tarzini, oilaviy qadriyatlarni faol rivojlantirib, ommalashtiradi. Bundan tashqari, chempion xayriya ishlari bilan shug`ullanadi.

Eslatib o`tamiz, 24 oktyabr kuni UFC 254 turnirida amerikalik jangchi Jastin Getjini mag`lubiyatga uchratganidan so`ng sportchi o`z karerasini yakunlashi haqida e`lon qilgandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1