O`zbekiston raisligida 2020 yil 6 noyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig`ilishi videokonferensiya shaklida bo`lib o`tadi. Bu haqda O`zbekiston bosh vazirining matbuot xizmati xabar berdi. Majlisda hukumat rahbarlari hamdo`stlikdagi iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari va koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozli hodisalarni bartaraf etish yuzasidan o`zaro fikr almashishi ko`zda tutilgan. Xususan, yig`ilishda 2030 yilgacha bo`lgan davrda MDH iqtisodiy rivojlanish strategiyasining birinchi bosqichini (2021—2025 yillarda) amalga oshirish bo`yicha harakatlar rejasi, shuningdek, hamdo`stlik davlatlarining turli yo`nalishlarda o`zaro aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi boshqa dasturlar va kelishuvlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Hukumat rahbarlari kengashi majlisidan so`ng MDHga a`zo davlatlar o`rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanadi. |
05.11.2020 21:50