1

Koronavirusning kuz-qish mavsumida ko`payishi D vitamini tanqisligi bilan bog`liqmi?

Salomatlik 05.11.2020, 22:23
Koronavirusning kuz-qish mavsumida ko`payishi D vitamini tanqisligi bilan bog`liqmi?

D vitamini koronavirusga chalinishga moyillikka bevosita ta`sir qilmaydi, biroq u immunitetni oshiradi va bu koronavirusdan himoyalanishda yordam beradi.  

Quyosh nuri etishmaganda organizm ushbu vitamindan kamroq oladi va buning natijasida immunitet pasayadi.

“Oxirgi tadqiqotlardan biri qonda D vitamini kamligi koronavirusga chalinish vaqtidagi prognozni jiddiy yomonlashtirishidan darak bermoqda. Odamda D vitamini me`yorida bo`lsa, uning infeksiyani engishi oson kechadi.

“D vitaminining asosiy va samarali manbai – bu baliq va dengiz mahsulotlaridir. Bunda, albatta, dengiz mahsulotlarining qimmat turlarini xarid qilish shart emas, baliq yog`li va dengizniki bo`lsa etarlidir.  

Bunda seld ham yaraydi, faqat u juda sho`r bo`lmasligi kerak. Shuningdek, losos va skumbriya ham foydali. Tarkibida baliq yog`i bor bo`lgan barcha mahsulotda D vitamini ko`p bo`ladi.

Sentyabr oxirida Boston universiteti tibbiyot maktabi olimlari organizmda D vitamini etarlicha miqdorda bo`lgan koronavirusga chalingan bemorlar orasida uning taqchilligi kuzatilganlarga nisbatan og`ir holatlar va o`limlar kam bo`lishi haqidagi xulosaga kelishgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1