1

Endi polvonlar ko`payadi! Prezident qarori bilan milliy kurashimiz Xalqaro olimpiya dasturiga kiritilishi kutilmoqda

Jamiyat 06.11.2020, 04:58
Endi polvonlar ko`payadi! Prezident qarori bilan milliy kurashimiz Xalqaro olimpiya dasturiga kiritilishi kutilmoqda

4 noyabr kuni milliy kurashni rivojlantirishga oid Prezident qarori (PQ–4881) qabul qilindi

Unga muvofiq, 2021 yildan har ikki yilda bir marta kurash bo`yicha: 

● oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasida xalqaro musobaqa; 

● xorijiy davlatlarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirlar o`tkaziladi. 

2020 yildan har yili bir marta davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari o`rtasida “O`zbek polvoni” respublika musobaqasi o`tkaziladi.

2021–2025 yillarda kurash mahorat maktablari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

2021/2022 o`quv yilidan O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, maktab-internatlari va sport maktablarida kurash bo`yicha o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari 2 baravarga oshiriladi.

Kurash milliy sport turini 2025 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi tasdqilandi. Konsepsiyada, jumladan, 2028 yilda kurashning Xalqaro olimpiya o`yinlari dasturiga kirishiga erishish ko`zda tutilgan. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1