1

Ortiqcha pul sarflamang. Gaz «schetchiklarini» endi qiyoslash kerak emas

Jamiyat 06.11.2020, 14:19
Ortiqcha pul sarflamang. Gaz «schetchiklarini» endi qiyoslash kerak emas

Avvalroq xabar berilganidek, mamlakatimiz rahbarining 24 sentyabrdagi qaroriga ko`ra, tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish belgilangan.

Buning uchun 2021 yil 1 avgustga qadar respublikaning barcha hududlarida iste`molchilarga zamonaviy hisoblagichlarni o`rnatib, tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini to`liq joriy etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi ma`lum qildi.

Birinchi bosqichda, ya`ni, 2021 yil 1 fevralga qadar Toshkent viloyatining O`rtachirchiq, Chinoz, Yuqorichirchiq, Yangiyo`l va Karmana tumanlari hamda Toshkent, Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Namangan, Nukus, Samarqand, Termiz, Urganch, Qarshi, Kattaqo`rg`on, Qo`qon, Marg`ilon shaharlarida va boshqa qarzdorlik darajasi baland bo`lgan hududlarda tizimni o`rnatilishi ko`zda tutilgan.

Yangi elektron hisoblagichlar «Hududgazta`minot» aksiyadorlik jamiyati tomonidan aholiga grafikka ko`ra mutlaqo BEPUL tarzda o`rnatiladi.

 

Biroq, bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlariga 1-bosqichda nazarda tutilmagan hududlardan tabiiy gaz hisoblagichlarini qiyoslash bo`yicha ko`plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi aholining ovoragarchiligiga chek qo`yish va ortiqcha pul mablag`larini sarflashini oldini olish uchun, tabiiy gaz hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o`tkazish muddatini 2021 yil 1 avgustga qadar uzaytirish tashabbusi bilan chiqdi. Hukumat ushbu aholiga engillikni qo`llab-quvvatladi.

Demak,  fuqarolar gaz hisoblagichlarining «standartdan o`tkazish» muddati o`tgan bo`lsa ham, 2021 yil 1 avgustga qadar hisoblagichni qiyoslashning keragi yo`q.

«Schetchik»ni davriy tekshiruvdan o`tkazish muddati o`tgan bo`lsa-da, hisob-kitoblar hozirda uyingizda o`rnatilgan hisoblagichlar asosida amalga oshiriladi.

2021 yil 1 avgustga qadar eski ko`rinishdagi gaz hisoblagichlarni qiyoslash uchun arizalar qabul qilinishi to`xtatib turiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1