AsosiyDunyo

«Windrose» aviakompaniyasi samolyotlari Kievdan Toshkentga qatnovlarni amalga oshiradi

'«Windrose» aviakompaniyasi samolyotlari Kievdan Toshkentga qatnovlarni amalga oshiradi'ning rasmi

Ukraina aviakompaniyasi samolyotlari endi Kievdan Toshkentga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi. Kompaniya hamkrlikda O`zbekistonning sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirishga ko`maklashmoqchi.

Mamlakatimizning Ukrainadagi elchixonasida «Windrose» aviakompaniyasi bosh direktori va asoschisi Vladimir Kamenchuk bilan uchrashuv o`tkazildi.

2003 yilda tashkil etilgan «Windrose» aviakompaniyasi Evropa, Yaqin Sharq va MDH davlatlariga doimiy va charter reyslarni amalga oshirib keladi.

Uchrashuvda ta`kidlaganidek, O`zbekiston yo`nalishi azaldan aviakompaniya uchun qiziq bo`lib kelgan va 2008-2010 yillarda «Windrose» O`zbekistonga muntazam reyslarni amalga oshirgan.

Kompaniya Ukrainaning Davlat aviasiya ma`muriyatidan 2021 yil 27 martgacha O`zbekistonga haftasiga 2 martadan charter reyslarini amalga oshirishga ruxsat olgan. Shuningdek, Ukrainaning yana bir aviakompaniyasi - «SkyUp» ham O`zbekistonga charter reyslarini amalga oshirish uchun ana shunday ruxsatnoma olgan.

Kelajakda «Windrose» kompaniyasi aviasiya logistikasi sohasida boshqa loyihalarni ham amalga oshirishni rejalashtirgan.

    Boshqa yangiliklar