Aytilishicha, respublikamiz hududiga Kavkaz tomondan sovuq va nam havo oqimi kirib kelmoqda. Kun davomida ushbu oqim respublikaning shimoli-g`arbiy tumanlariga tarqaladi. Kechga borib u O`zbekistonning markaziy tumanlariga o`tadi.
Ushbu jarayonda respublika bo`yicha bulutlilik ortadi, Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarga yomg`ir yog`adi. 8 noyabrda kechqurun, kechasi va 9 noyabr ertalab mamlakatning markaziy va janubi-sharqiy tumanlarida yomg`ir yog`adi. Tog`li hududlarda yomg`irning qorga aylanish ehtimoli bor, ayrim joylarda yog`ingarchilik kuchli bo`lishi mumkin.
Yakshanba kuni kunduzi harorat biroz pasayadi. Respublika hududining katta qismida harorat 15-20 daraja, shimolda 8-13 daraja bo`ladi. Keyingi haftaning boshida esa sovuq tushadi, tungi harorat 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja bo`ladi.






